Mahmud Ahmadinajod Erondagi prezidentlik saylovida o'z nomzodini ilgari surdi

    Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Eronda bo'lib o'tadigan yangi prezidentlik saylovlarida o'z nomzodini ilgari surdi.

    Bu haqda IRIB telekanali xabar berdi.

    “Ishonchim komilki, milliy salohiyatdan maksimal darajada foydalanish orqali mamlakatning barcha muammolarini hal qilish mumkin”, dedi siyosatchi saylov shtabiga hujjatlarni topshirgandan so'ng o'tkazilgan qisqa matbuot anjumanida.

    Siyosatchi o'zining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida “qashshoqlikka qarshi keng qamrovli kurashish va respublika aholisining farovonligi ko'rsatkichlarini oshirish”ni qayd etdi.

    Nomzodlarni ro'yxatga olish 4-iyunga qadar davom etadi, ishtirokchilarning yakuniy ro'yxati 11-iyun kuni e'lon qilinadi. Muddatidan oldin prezidentlik saylovi 28-iyunga belgilangan, deb xabar beradi report.az.

    Mahmud Ahmadinajod 2005 – 2013-yillarda Eron Prezidenti bo'lgan.