Mahmudxo'ja Behbudiy haqida hujjatli fil`m tasvirga olinmoqda.

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Brand pro media" kinostudiyasi tomonidan tasvirga olish ishlari olib borilmoqda

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Brand pro media” kinostudiyasi tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiy haqida hujjatli film tasvirga olinyapti.

    Filmda aktyorlar Toxir Saidov, Baxtiyor Musayev, Amal Ergashev, Ruslan Beryukov, Yevgeniy Vasiyevlar rol ijro qilmoqda. Film ssenariy muallifi Abduxamid Muxtorov, rejissyor Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov, grimyor Natali Raxmatullayeva.

    Hozirda filmning Samarqanddagi suratga olish ishlari nihoyasiga yetgan, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.