Nizomga koʻra, eksport qiluvchiga kompensatsiya taqdim etilishi uchun:
- eksport qiluvchi Oʻzbekistonda davlat roʻyxatiga olingan;
- mahsulotlar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan;
- mahsulotlar Oʻzbekiston bilan chegaradosh boʻlmagan davlatlarga eksport qilingan (Afgʻonistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
- mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilgan (5000 AQSH dollarigacha mahsulotlarning pochta joʻnatmalari orqali eksporti mustasno);
- eksport shartnomasida mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va toʻlovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi kerak.
- Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Eksport qiluvchi arizasi boʻyicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Quyidagilar kompensatsiya toʻlashni rad etishga asos boʻladi:
hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi;
hujjatlarda notoʻgʻri, ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish;
joriy yil uchun ajratilgan subsidiya tugaganida.
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin.