Byuroning tuman bo'limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor J .S.ga farzandi uchun moddiy ta'minotni vaqtida to'lashi zarurligi, aks holda, qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlarga asosan ma'muriy qamoq jazosiga tortilishi bo'yicha tushuntirish beriladi. Biroq to'g'ri xulosa qilmagan qarzdor ota farzandi uchun aliment summasini to'lashni paysalga solib keladi. Qarzdorlik esa oydan oyga o'tib, joriy yilning 1 noyabr` holatiga ko'ra 7 322 403 so'mni tashkil etadi.
Ogohlantirishni ham nazar-pisand qilmagan qarzdor otaga amaldagi qonunchilikka ko'ra tuman ma'muriy sudning hukmi bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Fuqaro M.M ham majburiyatini unutgan otalardan bo'lib chiqdi. Yo'qsa, farzandining moddiy ta'minoti uchun belgilangan aliment pulini o'z vaqtida to'lardi. Davlat ijrochisining ogohlantirishlaridan to'g'ri xulosa qilmagan M.M.ning qarzdorligi 14 million so'mdan oshib ketadi. Bo'lib o'tgan sud davomida unga nisbatan ham 15 sutkalik ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Bu ikki otalar ma'muriy jazodan o'ziga xulosa qilishadi, degan umiddamiz.
Majburiy ijro byurosining Namangan viloyati boshqarmasi