10-iyul, payshanba kuni Ukrainada Rossiya havo hujumlari keskin kuchaygan bir paytda G'arb davlatlari o't ochishni to'xtatishga erishish va bu urushdan vayron bo'lgan mamlakatni tiklashga tayyorgarlik ko'rishda davom etdi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “Ko'ngillilar koalitsiyasi” deb ataladigan boshqa davlatlar vakillari bilan videokonferensiya chog'ida Ukraina uchun Yevropa tinchlikparvar missiyasini rejalashtirishni yakunlaganliklarini e'lon qilishdi. Makron mumkin bo'lgan kontingent soni 50 000 askargacha bo'lishini aytdi, deb xabar beradi dw.com.
Starmerning aytishicha, tinchlikparvar missiya bo'yicha allaqachon kelishilgan rejalar Rossiya va Ukraina o'rtasida o't ochishni to'xtatish to'g'risidagi kelishuv imzolanganidan keyin “bir necha soat ichida” amalga oshirilishi mumkin. Uning so'zlariga ko'ra, bu tashabbus “maromiga yetgan” va “uzoq muddatga mo'ljallangan”. Biroq, hozircha Rossiya va Ukraina o'rtasida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga erishish imkonsiz ko'rinmoqda.