Oʻzbekiston termasi, “Paxtakor”, “Dinamo” Kiyev va yana bir qancha jamolarda hujumchisi sifatida samarali faoliyat koʻrsatgan mashhur futbolchi Maksim Shaskix “Paxtakor” bosh murabbiyi etib tayinladi. U Toshkent klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Maksim Oʻzbekiston milliy jamoasi tarkibida raqiblar darvozasiga zng koʻp – 34 ta gol kiritgan toʻpurar hisoblanadi.

43 yoshli mutaxassis shu paytga qadar Kiyevning “Dinamo” va Volgagradning “Rotor” jamoalarida murabbiy sifatida ham ishlagan. Oxirgi paytda “Paxtakor” sport direktori vazifasini bajarib kelayotgandi.

Shatskixning tayinlovi bilan “Paxtakor”da yana bir qancha oʻzgarishlar boʻldi. Ukrainalik Vitaliy Shpanyuk klubga jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida taklif etildi. U bungacha Ukraina, Rossiya, Gruziya klublarida faoliyat yuritgan. Ukraina milliy jamoasida ham ishlagan.

Vyacheslav Belyayev Shaskixga yordamchi etib tayinlandi. Belyayev ham Ukraina, Gruziya, Rossiya jamolarida faoliyat koʻrsatgan.