“Maktab – mening hayotim” filmining suratga olish ishlari boshlandi

    Madaniyat 6 Yanvar 2021 2811

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Koʻzgu film” studiyasi tomonidan “Maktab – mening hayotim” badiiy filmi suratga olinmoqda.

    Mazkur filmda ijtimoiy muammolar aks ettirilgan boʻlib, oʻqituvchilar va oʻquvchilar hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, kartina voqealarida turli xarakterdagi oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatidagi ziddiyatlar va keskin tasodifiy vaziyatlar oʻrin olgan.

    Ssenariy muallifi Nurillo Abbosxon, postanovkachi rejissyor Ilhom Mametibraimov, operator Muzaffar Yusupov, badiiy rahbar Rashid Malikov, prodyuser Qudratilla Fayzullayev, kartina direktori Behzod Diliyev, ikkinchi rejissyor Goʻzal Yusupova. Filmda rollarni Ravshan Joʻrayev, Tamara Hazratqulova, Abror Yoʻldoshev, Behzod Hamroyevlar ijro qilgan.

    Hozirda “Maktab – mening hayotim” filmining suratga olish ishlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida boʻlib oʻtmoqda.

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati