O‘quvchilar asosan ta’lim (27 foiz), sog‘liqni saqlash (12 foiz), AKT va iqtisodiyot (11 foiz) sohalarida ishlash hamda 100 ming nafarga yaqin bitiruvchilar tadbirkor bo‘lish istagini bildirdi. 

O‘quvchilarga kasblar to‘g‘risida kengroq tushuncha berish maqsadida yangi darsliklarga 300 dan ortiq kasbga oid mavzular kiritildi. 

7-11-sinf o‘quvchilarini individul diagnostika qilish, qiziqishlarini aniqlash va kasbga yo‘naltirish ishlarini raqamlashtirish bo‘yicha KASB.MAKTAB.UZ platformasi yaratildi. 

450 dan ortiq o‘zbek tilidagi videodarslarga ega bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘qitish kurslari yaratildi. 

Sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrotexnologiya korxonalariga uyushtirilgan ekskursiyalarda yarim milliondan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdi.