Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimi Isroil Tillaboyevga maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan navbatdagi qoʻshma qaror imzolangan.
Unga koʻra, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida moddiy ragʻbatlantirish mukofot pullari berib boriladi.
Har chorakda eng yaxshi ishlangan 200 nafar maktab direktori oʻrinbosariga beriladi.