Maktab direktori vakant lavozimi uchun ochiq tanlovlar yangi tartibda tashkil etiladi

    Ta'lim 5 May 2022 4302

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari hamda XTBlarining kadrlar boʻlinmalari rahbarlari ishtirok etgan yigʻilishda bu haqda maʼlum qilindi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.

    Unga muvofiq, Xalq taʼlimi vazirligi ochiq tanlovga hujjat topshirgan nomzodlarni besh kun ichida malaka talablari asosida saralashi (dastlabki bosqich), Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yuborilishini taʼminlashi, oʻz navbatida Kengashlar oʻn besh kun ichida ularning uch yillik istiqboldagi dasturi taqdimotini koʻrib chiqqan holda eng munosib nomzodni tanlashi lozim.

    Bunda 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy qilinib, faqat sertifikatga ega nomzodlar Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga yuboriladi.

    Yigʻilishda kiritilgan muhim oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati tizimdagi kadrlar boʻlinmalari rahbarlariga batafsil tushuntirib berildi.