Maktab oʻquvchilari uchun bu yilgi kuzgi taʼtil davri 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun davom etadi.

Shuningdek,

- qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
- yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan boshlab 1-sentyabrgacha davom etadi.

Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.