Unda xalq ta'limi tizimini rivojlantirish milliy dasturining loyihasi ko'rib chiqildi va galdagi zarur va kechiktirib bo'lmas vazifalar belgilab berildi.

Ana shu topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, viloyat bo'ylab ko'lamli va tizimli sa'y-harakatlar jadal davom etmoqda.

Ayni paytda Chirchiq davlat pedagogika institutining majlislar zalida mobil metodik guruh a'zolari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati past bo'lgan maktab direktorlari ishtirokida ta'lim yo'nalishida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar ishlar tahlili, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga qaratilgan o'quv-seminar bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, pedagoglar bilan ochiq muloqot o'tkazmoqda.

Seminar avvalida pedagogik ta'lim innovatsion klasteri yuzasidan mas'ul mutasaddilar tamonidan ma'lumotlar berildi.

Toshkent viloyati hokimligi

Axborot xizmati