“Texnologiya” 4-5-sinf darsliklar majmuasi: darslik, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma, multimedia ilovalardan iborat boʻlib, oʻqituvchi uchun qulaylik yaratadi. Oʻqituvchi taqvim-mavzu reja tuzmaydi, kundalik plan-konspekt yozmay, berilgan majmuadan foydalanib dars oʻtadi.

4-sinf “Texnologiya” darsligiga “Texnologiya va texnologik vositalar; texnik konstruksiyalash va modellashtirish; robototexnika asoslari; zamonaviy kasblar; milliy hunarmandchilik kabi boʻlimlari yangidan kiritildi.

“Texnologiya” darsligi oʻquvchini dizayner, fitodizayner, marketolog, interyer dizayner, meʼmorchilik, muhandis dasturchi kabi kasblar haqida axborot beradi.

Darslik mazmuni oʻquvchilarni eskiz, model, maket, konveyer, modellashtirish, konstruktirlash kabi mavzular oʻquvchilarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

5-sinf “Kompozit materiallar” bobida kompozit materiallardan foydalanish usullari, ishlov berishda foydalanadigan asbob-uskunalar haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, darslik polimer loydan suvenir (kitobcha shaklidagi brelok) va 3D ruchkada har xil uch oʻlchamli obyektlar yasashga oʻrgatadi.

“Energiyani ishlab chiqarish va undan foydalanish” nomli yangi bob oʻquvchida hayot faoliyatida oʻzi uchun turli muqobil energiya hosil qiluvchi uskunalarni texnik imkoniyatlaridan qiynalmay foydalanish koʻnikmasini shakllantiradi.

Texnologiya darsligiga “Mexatronika-LEGO education” bobi yangidan kiritildi. Bu bobda aylanma harakatlanuvchi sodda mexanizm yasash, karusel yasash, karusel tezligini oshirish, asosiy algoritmik konstruksiyalar, robototexnik tizimni loyihalash, Otto robotini yigʻish, robotlar musobaqasi mavzulari kiritilgan.

Darslikka yangi kiritilgan “Ijtimoiy-iqtisodiy texnologiya asoslari” bobi oʻquvchilarga iqtisodiy bilimlarni egallash va ularni kundalik hayotda qoʻllash uchun zarur koʻnikmalarni shakllanishiga xizmat qiladi.

Darslikni oxirida oʻquvchilar ish qurollaridan foydalanishga oid eslatmalar hamda yangi kirgan soʻzlarning lugʻaviy maʼnolari berilgan.

Darslikka TRIZ (ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi) metodi oid topshiriqlar kiritildi. Bunda oʻquvchilar izlanish va tadqiqot olib borish, algoritm va modellarni tadqiqotchilik taʼlimiga tatbiq etib, muammoga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishni oʻrganadilar.