Majmuaning tantanali ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev, Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

Ushbu majmua bolalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sport bilan muntazzam shugʻullanishlari uchun zamonaviy suzish havzasi, yakkakurash, dzyudo sport turiga ixtisoslashtirilgan zal, Workout, Stritbol, badminton, tekbol bilan shugʻullanishga moʻljallangan sport hamda sunʼiy qoplamali futbol maydonlarini oʻz ichiga olgan.