Maktabgacha taʼlim tizimi “S-board” dasturi asosida raqamlashtiriladi

    Ta'lim 27 Aprel 2023 1635

    Maktabgacha taʼlim agentligida, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari — Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda “Edulink Global” prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xan xonim oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan “S-board” dasturini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

    Uchrashuv doirasida Chungrim Xan xonim Koreya tomoni Maktabgacha taʼlim agentligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimiga yangi ilgʻor innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga intilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

    Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish va Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreyaning “Edulink Global” taʼlim kompaniyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum bandlarini amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar. deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim agentligi matbuot xizmati.