«Barcha hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalarida korruptsiyaga qarshi kurashish komplaens nazoratini amalga oshirish bo'yicha 1 shtatdan bosh mutaxassislar ajratildi.

Tizimda korruptsion holatlarning oldini olish maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bo'lim xodimlari olib borilgan o'rganishlar natijalariga ko'ra, 6 ta holatda aniqlangan qonunbuzilish va korruptsion holatlar bo'yicha chora ko'rish uchun Bosh prokuraturaga hujjatlar taqdim etildi.

Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritgan hamda korruptsiyaga moyilligi bo'lgan 8 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi».