Mazkur nazorat tizimida Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlarining asosiy eʼtibori huquqbuzarlik sodir etilgunga qadar aniqlash, profilaktika qilish va bartaraf etishga qaratilgan.
Profilaktik tadbirlar hamda koʻrsatilayotgan amaliy yordamlarga qaramasdan yaratilgan sharoitlarni shaxsiy boylik orttirish “imkoniyati” sifatida koʻrayotgan ayrim qurilish tashkilotlarining rahbarlari maktab binolarini qurish yoki joriy taʼmirlashida belgilangan talablarga rioya qilmasdan ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilish holatlari kuzatilmoqda.
Xususan, Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, amalda bajarilmagan ishlarni rasmiy hujjatlarga qoʻshib yozish orqali Buloqboshi tumanida “T.T.” MCHJ tomonidan 1,2 mlrd soʻm, Tomdi tumanida “N.O.” MCHJ tomonidan 316 mln soʻm va Olmaliq shahrida “M.Ye.” MCHJ tomonidan 306 mln soʻm talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.