Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan oʻquvchilarning bahorgi taʼtili 20-martdan boshlanib 28-martga qadar davom etadi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, bahorgi taʼtil 20-martdan boshlanib, 28-martga qadar davom etadi.
4-chorak darslari esa 30-mart (dushanba) kunidan boshlanadi.
Shuningdek, joriy oʻquv yilida:
— 20-mart (juma)
— 28-mart (shanba)
kunlariga toʻgʻri kelgan dars mashgʻulotlari 4-chorak davomida oʻquv dasturlariga tigʻizlashtirilgan holda oʻqitiladi.