Unga muvofiq:
Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) “Maktablarda dzyudo” dasturi bo‘yicha dzyudoga ixtisoslashtiriladigan 20 ta maktabni dzyudo tatamilari va bolalar kimonolari bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Sportni rivojlantirish vazirligi “Maktablarda dzyudo” dasturi asosida tashkil etilgan seksiyalarni trenerlar bilan ta’minlash, trenerlar, instruktorlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish, umumta’lim muassasalari bolalari o‘rtasida dzyudo musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston dzyudo federasiyasi “Maktablarda dzyudo” dasturi bo‘yicha tashkil etilgan seksiyalarni sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, o‘quvchilar o‘rtasida musobaqalar va tadbirlar tashkil etishga ko‘maklashish va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish orqali mahorat darslari, treninglar tashkil etish, shuningdek, “Maktablarda dzyudo” dasturi sport seksiyalari uchun o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.