Xabarda aytilishicha, respublikamiz umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun III chorakning soʻnggi kuni 19-martga toʻgʻri keldi. Yaʼni, shu kuni dars mashgʻulotlari toʻliq olib boriladi. Bahorgi taʼtil 21-martdan boshlanadi va 7 kalendar kun davom etadi.
IV chorak darslari esa 28-mart kunidan boshlanadi.
Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, maktablarda bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.