Unda  JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan loyihalarni shakllantirish bo‘yicha maslahatchisi Sato Hidemi, vakolatxona mutaxassisi Valiyeva Dilorom ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida tomonlar birgalikda oxirgi 2 yil mobaynida olib borilgan ishlar, jumladan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi  (JICA) hamkorligida olib borilayotgan “O‘zbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasining yakuniy bosqich natijalari, loyiha doirasida erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar haqida so‘z bordi.

Uchrashuv yakunida tomonlar "O‘zbekistonda Yaponiya uslubidagi akademik yutuqlar test modelini joriy etish” loyihasini davom ettirish masalalarini ko‘rib chiqib, maktablarda malakali va bilimli mutaxassislarni saqlab qolish va kuchli yosh kadrlarni o‘qituvchilik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan yana bir yangi loyihani ishlab chiqishga hamda ushbu loyihani   (JICA) tashkilotiga moliyalash uchun taqdim etishga kelishib oldilar.