Unga koʻra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:

  • Yoshlar siyosati va sport vazirligining taklifiga muvofiq belgilangan mahallalarda joylashgan, shuningdek sport infratuzilmasi yetarli boʻlmagan umumtaʼlim maktablari tasarrufida boʻlgan hududlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi balansida qoldirish sharti bilan sport maydonchalari qurilishi uchun zarur yer maydonlarini ajratilishini tashkil etadi;
  • umumtaʼlim maktablari hududida qurilgan sport maydonchalaridan oʻquvchilar, shuningdek, darsdan tashqari hamda qatʼiy tarzda oʻquv jarayoniga xalaqit bermaydigan vaqtlarda mahalla aholisining bepul shugʻullanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi.

2023-yil 1-maydan boshlab:

  • Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan sport maydonchalari barpo etiladigan mahalla hududlari roʻyxati hududiy hokimliklarga taqdim etiladi.

Mahalla fuqarolar yigʻini hududida barpo etilgan sport maydonchalari tozaligini saqlash atrofini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bitta shtat birligi ajratiladi.