Maktab va bogʻcha xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni ham koronavirusga qarshi emlash boshlandi

    Salomatlik 28 Aprel 2021 922

    Yurtimizda koronavirusga qarshi emlanayotgan aholi qatlamlari qamrovi kengaydi. Shu paytgacha 65 yosh va undan katta fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari emlanayotgan edi.

    Kecha, 27-apreldan boshlab oʻrta maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar ham vaksinatsiya jarayonlariga jalb qilindi.

    Shu kunning oʻzida:

    9343 nafar oʻqituvchi,

    5298 nafar maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari,

    2845 nafar surunkali kasalligi borlar koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan.

    Ilk kunda maktab oʻqituvchilarining 22 foizi AstraZeneca, 78 foizi ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan boʻlsa, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarida bu koʻrsatkich mos ravishda 11 va 89 foizni, surunkali kasalligi borlarda esa 23 va 77 foizni tashkil etgan.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi

    Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.