Inson hayoti, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarning samarali faoliyatisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Ayni paytda Oʻzbekistonda ilm-fan sohasida 6000 dan ziyod ayol faoliyat yuritmoqda. Oliygohlarda tahsil olayotgan qizlar soni 904 mingdan oshib, jami talabalarning 54 foizini tashkil etyapti. Stajyor-tadqiqotchilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning ham 61 foizi xotin-qizlardir. Bu esa yurtimizda ularning ilm-fan rivojidagi oʻrni, innovatsion gʻoyalari hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishdagi ahamiyati oshayotganini koʻrsatadi. Mazkur hamkorlik ilm yoʻlidagi xotin-qizlarni yanada ruhlantirib, xalqaro doirada nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida
keng koʻlamli biznes-forum, shuningdek, Oʻzbekiston — Malayziya fan, taʼlim va
madaniyat koʻrgazmalari tashkil etildi. Mazkur platformalar turli hududdan
borgan oliy taʼlim muassasalari vakillariga ilmiy salohiyati, innovatsion
ishlanmalari va taʼlim imkoniyatlarini Malayziya auditoriyasiga keng namoyon
etish imkonini berdi.
Koʻrgazmalar
davomida ikki davlatning boy tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va oʻziga xos
madaniyatini aks ettiruvchi rang-barang ekspozitsiyalar hamda zamonaviy
yondashuv asosida tashkil etilgan tematik stendlar namoyish etildi.
Koʻrgazmalar forum ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotib, ilmiy va taʼlimiy
aloqalar bilan bir qatorda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga
xizmat qildi. Forumning foydali jihati Oʻzbekiston va Malayziya oliy taʼlim
muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda delegatsiyalari faol ishtirok
etib, samarali hamkorlikka asos yaratganida ham yaqqol namoyon boʻldi.
Tadbirda ikki mamlakat
oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan 30 ga yaqin
muhim kelishuvga erishildi. Jumladan, Buxoro davlat texnika universiteti hamda
Sulton Idris nomidagi taʼlim universiteti, Tun Husseyn Onn nomidagi Malayziya
universiteti hamda Melaka texnika universiteti oʻrtasida hamkorlik
shartnomalari imzolandi.
Mazkur kelishuvlar
oliy taʼlim tizimida tajriba almashish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish,
akademik mobillikni oshirish hamda zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy etishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu forum ikki
mamlakat oʻrtasida ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalar yoʻnalishida yangi
bosqichni boshlab beruvchi muhim xalqaro platforma sifatida eʼtirof etilmoqda. Bunga asoslar yetarli. Chunki
kelishuv va muloqotlar, amaliy harakatlar shunga asos yaratadi.
Sadoqat SIDDIQOVA,
pedagogika fanlari
boʻyicha
falsafa doktori, dotsent
Hamkorlik materiali