Malakali kadrlar tayyorlash oliy ta’lim ustuvor vazifasidir

    Fikr 3 Aprel 2024 309

    So‘ngi yillarda ta’limni isloh etishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor kechiktirib bo‘lmas masalasi bu albatta malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.

    Bu borada davlatimiz rahbarining shaxsan o‘zlari tomonidan “Yangi O‘zbekiston”ning tom ma’nodagi yangicha tafakkurdagi yoshlarini tarbiyalashga qaratilgan bir qator normativ asoslari shakllantirildi. Xo‘sh malakali kadrning bugungi kun ijtimoiy qiyofasi qanday, raqobatbardoshlik me’zoni nimalar bilan o‘lchanadi?

    Malakali kadr bu hozirgi zamon talablari asosida o‘z kasbiy kompitentligi, noodatiy vaziyat va muammolarga echim bera oladigan, kreativ fikrlash bilan birga ma’naviy-milliy tamoyillarga mos kadr bo‘lishi lozim. Malakali kadrlar salohiyatini baholash bir qator mezonlarga asoslanadi, jumladan, kasbiy ko‘nikma va bilim, ish tajribasi, ta’lim, muloqot qobiliyatlari, erishgan yutuqlari, til bilish darajasi, xorijda ta’lim olganligi, xalqaro sertifikatlarga egaligi, ilmiy unvon va darajasi, shuningdek, mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari ham asos bo‘ladi.

    Bundan tashqari, hozir ko‘pgina vazirlik va idoralarda, hatto aksiyadorlik jamiyatlarida, qo‘shma korxonalarda ham kadrlarni faoliyat samaradorligini baholashda KPI (Key Performance Indicators) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ma’lumki, har bir tashkilot, idora samaradorlikka erishishda inson resurslaridan yetarli darajada foydalanishni maqsad qiladi. Oliy ta’limm ikki bosqichli tizmda kadrlar tayyorlaydi. Xususan magistratura bosqichi malakali kadr tayyorlashda egallagan mutaxassisligida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini olib olib borishda muhim bosqich hisoblanadi. Magistratura bo‘yicha bir qator normativ hujjatlar qabul qilindi.

    Vazirlar mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son “Magistratura nizom”iga muvofiq magistratura talabalariga qo‘yilgan bir qator talablar mavjud. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan biri 2021 yilda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomalari asosida 2 ming nafar ehtiyojmand oilalar qizlari qo‘shimcha grant asosida talabalikka qabul qilindi. 2020 yilgi qabulda bunday xotin-qizlar uchun 940 ta grant o‘rni ajratilgandi.

    2026 yilda xotin-qizlar uchun ajratiladigan grantlar 6 mingga yetkazilishi reja qilingan.

    Guliston davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limida hozirgi vaqtda 62 ta magistrant taxsil olmoqda, shundan:

    2022-2023 o‘quv yili uchun 1 bosqichga institutning magistratura mutaxassisliklariga jami 13 nafar magistrantlar qabul qilingan bo‘lib, ularni talabalikka qabul, guruhlarga biriktirish, ilmiy mavzu va rahbarlarni tasdiqlash buyruqlari chiqgan.

    Ayni vaqtda 2-kurs magistrantlari xisoblangan talabalar 10 nafari imtiyozli qizil diplom asosida 1 nafari “Navoiy” nomidagi davlat stependiyasi soxibasi sifatida va 2 nafari tegishli sertifikatlari asosida imtixonlarda ishtirok etib talaba bo‘lishgan. Xozirgi vaqtda barcha magistrlarning dissertatsiyalari 70% bajarilgan holatda bo‘lib 2 va undan ortiq ilmiy ishlari respublika va xalqaro miqyosda nashr etilgan.

    2023-2024 (qishki) o‘quv yili uchun 1 bosqichga institutning magistratura mutaxassisliklariga jami 26 nafar magistrantlar qabul qilingan bo‘lib ularni talabalikka qabul, guruhlarga biriktirish, ilmiy mavzu va rahbarlarni tasdiqlash buyruqlari chiqgan.

    Ayni vaqtda 1-kurs magistrantlari xisoblangan talabalarning tegishli sertifikatlari asosida imtixonlarda ishtirok etib talaba bo‘lishgan. Qishki qabul orqali talaba bo‘lgan ammo chet tilini bilish darajasi B2 dan past bo‘lgan 13 nafar talabalar chet tilini bilish darajasi sertifikatlari test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Xozirgi vaqtda barcha magistrlarning dissertatsiyalari 40% dan oshiq bajarilgan holatda bo‘lib 1 tadan ilmiy ishlari respublika va xalqaro miqyosda nashr etilgan.

    2023-2024 o‘quv yili uchun 1 bosqichga institutning magistratura mutaxassisliklariga jami 23 nafar magistrantlar qabul qilingan bo‘lib ularni talabalikka qabul, guruhlarga biriktirish, ilmiy mavzu va rahbarlarni tasdiqlash buyruqlari chiqgan.

    Mazkur 23 ta talabadan barchasi belgilangan tartibdagi til bilish sertifikatiga ega. Magistratura bo‘limiga HEMIS tizmida ko‘zda tutilgan barcha funksiyalari ish jarayonida foydalanilmoqda, tegishli axborot resurslari, ma‘lumotlar, buyruqlar tizimiga uzluksiz ravishda kiritilib borilmoqda. Magistr talabalarga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda ilmiy-tadqiqot mavzularini mutaxassis yo‘nalishi doirasida eng aktual mavzularda tadqiqotchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan anjuman va tanlovlarda ma‘ruzalar bilan ishtirok etishmoqda. Xususan “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi 2 kurs talabasi Axmadova Shahlo 2023 yilda “Innoweek-2023” va “Ayollar biznisiga birinchi qadam” tanlovlarida “Reablitatsiya markazi” loyihasi bilan faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

    Kuni kecha Prezidentimiz SH.Mirziyoyev “O‘zbekiston-2030” taraqqiyot strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham yoshlarga jahon andozalari asosida rivojlangan kasblarga yo‘naltirishga alohida ahamiyat qaratilgan. Unda yoshlarni imkoniytlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi farzandlari va imkoniyati cheklangan yoshlarga keng imkoniyat yaratishga qaratilgan qator loyihalarni amaliyotga tadbiq etish haqida alohida to‘xtaldi. Inkluziv ta’lim asosida bugun yoshlar nafaqat maxsus maktab-internatlarda, balki sog‘lom bolalar bilan birga yonma-yon ta’lim-tarbiya olishni yo‘lga qo‘yilganligi quvonarli holdir. Zotan imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘qish va tadqiqotchilikga ishtiyoqi baland talabar yonlaridagi sog‘lom tengdoshlari uchun motivatordir. Shunday yoshlardan biri 1 bosqich “Geografiya” yo‘nalishi magistranti Jo‘rayev Adxambek ham talabalar orasida ilmiy tadqiqotchilik ishlarida ilmiy maqolalar bilan konferensiyalarda faol ishtirok etib keladi. O‘zbekistonda turistik-rekreatsion majmualarni hududiy shakllantirish xususiyatlari (inklyuziv turizmni rivojlantirish) mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbari Geoerafiya fanlari nomzodi, dotsent A.U.Yuldashov bilan ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

    Oliy ta’lim tizimida malakali mutaxassislar yetishtirish maqsadida, magistraturaga kirish imtihonlari avvalida, til sertifikatlarining bo‘lishi, ilmiy faoliyatni chet davlatlarda davom ettirishga imkoniyat yaratadi. Yana bir katta imkoniyatlar qatori magistraturaga kirish imtihonlarida imtiyozga ega talabalar ham mavjud bo‘lib, ularning sarasiga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) sovrindorlari; Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari; "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari kiradi Magistralar orasida shunday nomli davlat stipendiyasi sohibalari ham bor. Ikkinchi bosqich “Pedagogika-psixologiya” yo‘nalish magistranti Islamova Durdonaxon “Alisher Navoiy” stipendiyasi sohibasi ham ilmiy tadqiqot ishi bilan birga institut psixologi lavozimida talabarning ijtimoiy-ruhiy holatini treninglar asosida o‘rganib bormoqda.

    Xulosa qilib aytganda bugun malakali kadrlar tayyorlashda ishlab chiqarish va fan integratsiyasi asosida olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Oliy maqsadimizga yetishish yo‘lida, har bir talabaning ilmiy faoliyatini davom ettirishi, davlatimizda yaratilgan imtiyozlardan unumli foydalana olishi muhimdir.

    Maxmudjonov Zafarjon Murodjon o‘gli

    Guliston davlat pedagogika instituti

    “Magistratura” bo‘limi boshlig‘i

    Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD)