Malayziya bilan turizm sohasida hamkorlik kengaytiriladi

    Turizm 6 Fevral 2025 630

    Kuala-Lumpurda Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Malayziyaning Turizm, sanʼat va madaniyat vazirligi bosh kotibi Raslan Abdul Rahmon bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini, shuningdek, mamlakatlar oʻrtasidagi sayyohlar oqimini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

    Xususan, malayziyalik sayyohlarni ziyorat, madaniy va qishki turizm yoʻnalishlari boʻyicha jalb etish, shuningdek, malayziyaliklar uchun “Umra plyus” sayyohlik dasturini amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

    Muzokaralar yakunida sayyohlar oqimini koʻpaytirish boʻyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, Oʻzbekistonning qishki va ziyorat turizmi salohiyatini toʻliq yuzaga chiqarish maqsadida Malayziyaning tegishli uyushmalari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.