баннер
14 Mar 2025
13:24

    Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi “Umra plyus” yoʻnalishlari ishlab chiqiladi

    Turizm 7 Fevral 2025 741

    Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Oʻzbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasida Malayziya turizm assotsiatsiyalari, xususan Islom turizm markazi (ITC), Malayziyadagi Bumiputera turoperatorlari assotsiatsiyasi (BIMUTRA), Umra va Haj sayohatlari boʻyicha mamlakatning yetakchi turkompaniyalari vakillari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratgan holda oʻzaro sayyohlar oqimini koʻpaytirish masalalari muhokama etildi.

    Muloqotlar doirasida Malayziya aholisi uchun “Umra plyus” paketlarini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, transchegaraviy yoʻnalishlarni joriy etish va muvaffaqiyatli tajribalar boʻyicha fikr almashildi.

    Davra suhbati yakunida Malayziya turistik sektori va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Oʻzbekistonga info-turlar tashkil etish, shuningdek, Malayziya tomoni ishtirokida yangi turizm dasturlari va “Umra plyus” marshrutlarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech