Uchrashuv davomida taʼlim sohasidagi kelgusi hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Jumladan, Oʻzbekiston maktablarida taʼlimni yanada takomillashtirish,tizimdagi hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ikki tomon fikri tinglandi.
Shuningdek, Malayziya mutaxassislari bilan hamkorlikda mamlakatimiz oʻquvchilarini xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, terma jamoalar yigʻilishini birgalikda oʻtkazish masalalari boʻyicha takliflar berildi.
Uchrashuv soʻngida Malayziyadan Oʻzbekistonga ekspertlarni jalb etib, taʼlim sohasini rivojlantirish masalalarini hamkorlikda hal etishga kelishildi.