Telereportajda boshlovchi Robert Jelberter tezyurar poyezdda Toshkentdan Samarqand boʻylab sayohati haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, muallif Goʻri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Siyob bozori, Bibixonim masjidi hamda Registon maydoni haqidagi atroflicha maʼlumotlarni teletomoshabinlar bilan oʻrtoqlashadi.

Unda alohida qayd etilganidek, Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek davrida Registon turli bilimlarni, jumladan, din, astronomiya, matematika, fan va falsafa ilmlarini qamrab olgan Islomning intellektual faoliyat markaziga aylangan.

“Samarqand salmoqli sayyohlik salohiyatiga ega. Bu qadimiy shaharga tashrif Markaziy Osiyo Islom sivilizatsiyasining buyuk tarixini ochib beradi”, deya xulosa qiladi boshlovchi Robert Jelberter.