Bu haqda Malining o'tish davri bosh vaziri Chogel Kokalla Maiga inqiroz va tabiiy ofatlarni boshqarish bo'yicha vazirliklararo qo'mita yig'ilishida ma'lum qildi.
“Suv toshqini oqibatida 264 648 kishidan iborat 47 955 xonadon jabr ko'rdi, ulardan 77 nafari halok bo'ldi, 148 nafari jarohatlandi”, dedi bosh vazir.
Uning so'zlariga ko'ra, ko'plab turar-joy binolari, maktablar, infratuzilma obyektlari vayron bo'lgan.
Bu yil G'arbiy va Markaziy Afrika bo'ylab misli ko'rilmagan suv toshqini jami 4 millionga yaqin odamga ta'sir ko'rsatdi. Eng ko'p zarar ko'rgan davlatlar Nigeriya, Chad, Mali, Gvineya, Niger, Kamerun, Gana va Liberiya bo'lib, bu yerda yuzlab odamlar halok bo'ldi va qishloq xo'jaligi ekinlarining katta maydonlariga zarar yetdi, deb xabar beradi report.az.
Mutaxassislar halokatli suv toshqini global iqlim o'zgarishi tufayli yuz berdi, deb hisoblamoqda. Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, Saxelda o'rtacha harorat boshqa mamlakatlarga qaraganda bir yarim barobar tezroq ko'tarilmoqda.