10-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Misr Arab Respublikasining “Elsewedy Electric” hamda BAAning “Gulf Data Hub” kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda ushbu xorijiy kompaniyalar bilan maʼlumotlarni saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish maqsadida maʼlumotlar markazi(data center)ni tashkil etish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida maʼlumotlar markazini qurish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar, loyihani amalga oshirish bosqichlari, shuningdek, uni moliyalashtirish boʻyicha fikrlar almashildi. Oʻz navbatida, kompaniyalar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalari haqida taqdimot oʻtkazildi.