Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va jozibadorligini yuksaltirishga qaratilgan masalalar koʻrib chiqildi

    Investitsiyalar 8 Avgust 2023 905

    Laziz Kudratov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

    Unda Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini shakllantiruvchi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari muhokama etildi. Xususan, xalqaro tijorat sudini tashkil etish va mamlakatimiz iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarining raqobatbardoshligi va jozibadorligini yuksaltirishga qaratilgan boshqa vositalarni joriy etish istiqbollari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Suma Chakrabarti 2020-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchisi etib tayinlangan edi. 2012-yil iyulidan 2020-yil iyuligacha YETTB prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Ilgari u Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot departamentida (2002-2007) va Adliya vazirligida (2007-2012) doimiy kotib lavozimlarida ishlab kelgan.