Tahlillarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, 2023-yil yanvar-noyabr oylarida qurilish materiallari sohasida 32,6 trln.soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.
2023-yilnng oʻtgan 11 oiyda soha korxonalari tomonidan 1,863 mlrd dollarlik investitsiyalar oʻzlashtirilgan. Eʼtiborlisi, 1,1 mlrd dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar yoʻnaltirildi. Natijada 13 600 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Joriy yil yakuni bilan sohada jami 2 mlrd dollarlik investitsiyalar, shundan 1,2 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan.
Xususan:
– Andijon shahrida “Everest Metall Grand” MCHJ tomonidan qiymati 10 million dollarlik yiliga 20 ming tonna issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish;
– Samarqand tumanida “Kayumov Stroy Invest” MCHJ tomonidan qiymati 15,7 million dollarlik yiliga 200 ming metr kub gazobeton bloklarini ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi.
Joriy yilning 11 oyida tarmoq korxonalari tomonidan 597,9 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 101,3 foizga bajarildi.
Joriy yilning oʻtgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi anʼanaviy hisoblangan bozorlar yaʼni Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmanistondan tashqari Afgʻoniston, Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.
Shuningdek, eksport koʻlamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davlatlarda tashkil etilgan xalqaro koʻrgazma va forumlarda ishtirok etishmoqda.
Hisob kitoblarga koʻra, 2023-yilda qurilish materiallari sohasida jami 34,2 trln soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi koʻzda kutilmoqda.
Joriy yilda 640 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.
Prezidentimizning 2022-yil 24-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2023-yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 1,8 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 131,2 foizga bajarilishi taʼminlanadi.