Qayd etilishicha, bu nano-zarrachalar quyosh nurining ultrabinafsha nurlanishini yaqin infraqizil diapazonga aylantiradi. Shu bilan birga, bunday fotonlarning issiqlik energiyasi 17-22°C ga teng boʻladi. Natijada, tashqi harorat -3…-7 °C boʻlgan holatda ham, issiqxona ichidagi harorat qoʻshimcha qizdirishsiz +5…+7°C gacha saqlanadi (odatiy plyonkalarda bu koʻrsatkich 0…+2°C boʻladi). Issiq kunlarda esa issiqxona ichidagi harorat 5–8°C ga pasayadi.
Infraqizil diapazondagi fotonlar soni koʻpayishi tufayli fotosintez tezlashadi va oʻsimliklar 1,5–2 baravar tez oʻsadi. Shu bilan birga, energiya sarfi 60% dan ortiq kamayadi, hosildorlik 35–50% ga ortadi, sugʻorish uchun suv tejalishi 30% ni tashkil etadi, agar gidrogellar qoʻllanilsa, bu koʻrsatkich 90% gacha yetadi. Plyonkaning mustahkamligi 3 baravar oshadi.
Sinovlar Toshkent, Jizzax, Fargʻona va Andijon viloyatlarida oʻtkazilgan.
Hozirgi kunda Shanxay Qishloq xoʻjaligi akademiyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining turli tuproq-iqlim sharoitida keng koʻlamli sinovlar olib borilmoqda.
Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda Materialshunoslik instituti bazasida nano-poroshoklarni qoʻshma tajriba-sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tajriba-sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish rejasiga koʻra, 2025-yilda 1 tonna, 2026-yilda esa 10 tonna nano zarrachalar ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarish hajmini yiliga 2 000 tonnaga yetkazish uchun nano-poroshoklar ishlab chiqarish zavodi quriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish boʻyicha Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.