Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 2021-yilda tamomlagan yoshlar uchun taʼlimni davom ettirish bilan birgalikda kasb-hunar oʻrganish imkoniyatini beruvchi respublika boʻyicha 339 ta kasb-hunar maktablariga qabul boshlangan.

Qabul Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining www.kasb.edu.uz elektron platformasi orqali quyidagi tarzda onlayn amalga oshiriladi:

  • elektron ariza (www.kasb.edu.uz orqali toʻldiriladi);
  • umumtaʼlim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi;
  • 3x4 fotosurat.

Hujjatlarni qabul qilish 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Onlayn hujjat topshirishda qoʻshimcha savollar boʻyicha yaqin boʻlgan kasb-hunar maktablariga murojaat etish ham mumkin.

Kasb-hunar maktablari bitiruvchilari kelgusida ishlash va oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish huquqini beradigan davlat namunasidagi diplom oladi. Oʻqish 100 foiz bepul.