Bugun yurtimizda chuqur tarixiy asosga ega va zamonaviy taraqqiyot uchun juda muhim fanlardan biri boʻlgan matematikaga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek singari ulugʻ ajdodlarimiz tamal toshini qoʻygan bu fan soʻnggi yillarda oʻzining yangi rivojlanish bosqichiga kirdi, deb bemalol ayta olamiz.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiytadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yana-da takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti Fanlar akademiyasi tarkibida qayta tashkil etildi.
Ayni paytda Prezidentimizning 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika taʼlimi va fanlarini yana-da rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllabquvvatlash, shuningdek, Oʻzbekis ton Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivoj lantirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar orqali matematika fani va taʼlimini rivojlantirish, xalqaro standartlarga moslashtirish uchun mavjud muammolarni bartaraf etish tizimi yaratib berildi. Masalan, matematika boʻyicha xalqaro konferensiyalarda, talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro olimpiadalarda, seminar treninglarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. P rezidentimiz tashabbusi bilan Matematika fani va taʼlimini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan matematika sohasidagi olimlar va yosh tadqiqotchilarning xorijdagi xalqaro ilmiy amaliy tadbirlarda ishtiroki taʼminlanmoqda. Talabalarning matematika fani boʻyicha xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki qoʻllabquvvatlanmoqda, matematika taʼlimi uchun zarur ilmiy va hisoblash asbob uskunalarini xarid qilish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Matematika taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun akademik T.Sarimsoqov nomidagi stipendiya taʼsis etildi. Oʻzbekiston matematika jamiyatining xalqaro aloqalarini kengaytirish va Xalqaro matematiklar jamiyatiga toʻlaqonli aʼzo boʻlishini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar orqali olimlarimiz uchun yana qator imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, 2020-yilda Matematika ins titutiga ilmiy darajalar berishda mustaqillik berildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlarida institutning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi. Hozirgi kunda bu boʻlinmalarda 22 fan doktori, 22 fan nomzodi va fizikamatematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) faoliyat yuritmoqda. Boʻlinmalar viloyatlardagi universitetlar binolarida joylashgan boʻlib, bu yoshlar va talabalar bilan ishlash va ularni matematika faniga qiziqtirish uchun juda qulaydir.
Oxirgi uch yil davomida olimlarimizning maoshi deyarli 3 barobar oshdi. Matematika inst ituti uchun yangi, zamonaviy, innovatsion bino qurildi. Bugun hamma narsamiz bor! Endi zavq bilan ishlab, natija koʻrsatishimiz lozim.
Taʼkidlash kerakki, Matematika instituti oʻz faoliyati davomida mazkur fanni rivojlantirishga, yurtimiz uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga sezilarli hissa qoʻshdi va matematik tadqiqotlarning jahon darajasida eʼtirof etilgan markazlaridan biriga aylandi.
Hozir ham institut xodimlari qator yutuq va natijalarga erishmoqda. Institutda funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra boʻyicha ilmiy maktablar shakllandi hamda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Institut tarixi yutuqlarga boy. Xodimlarning ilmiy tadqiqotlari besh marta Oʻzbekiston davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 12 nafar taniqli olim Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga, ikki nafari esa nufuzli Jahon fanlar akademiyasi (TWAS) aʼzoligiga saylangan.
Olimlarimizdan besh nafari TWASning yosh olimlar boʻlimi tanlovlarida gʻolib chiqqan. Olimlarimiz mehnatini chet ellik hamkasblar ham eʼtirof etmoqda. Masalan, institutimiz xodimi U.Roziqovning maqolasiga xorijning nufuzli jurnali keltirgan taqrizda u “...one of the authors is a wellknown expert”, yaʼni “juda taniqli ekspert...”, deb eʼtirof etilgan. Bunday eʼtiroflar oʻzbek matematiklarining koʻpiga nisbatan qoʻllanilgan. Aytmoqchimanki, bugungi kunda oʻzbekistonlik matematiklarning ilmiy maktablari oʻz mavqeini xalqaro darajada saqlab kelmoqda.
2016-yil 30-dekabrda Prezidentimiz akademiklar bilan uchrashuvda ilmfanga eʼtiborni kuchaytirish davr talabi ekanini taʼkidladi va bu borada amaliy ishga kirishildi. Dastavval, Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzolarini saylash tizimi qayta tiklandi. Xususan, Matematika instituti professorlari A.Aʼzamov va S.Lakayev OʻzRFA haqiqiy aʼzosi (akademik) etib saylandi. 2017-yil Oʻ.Roziqov SpringerNature nashriyoti tomonidan “Springer Nature top Author” sertifikati bilan taqdirlandi. 2017-yilda akademik Sh.Ayupov, K.Kudaybergenov, B.Omirov va Oʻ.Roziqov fan va texnika sohasidagi davlat mukofotiga loyiq topildi. “Scopus Award2019” tanlovida Sh.Ayupov “Top researcher in Natural sciences” (“Tabiiy fanlar boʻyicha yil tadqiqotchisi”) deb eʼtirof etildi. 2020-yilda professor Oʻ.Roziqov Islom hamkorlik tashkilotining “Eng yaxshi ilmiy maqola” nominatsiyasi boʻyicha xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi.
Dunyo reytingida dastlabki 300 talikka kirgan universitetlarda PhD ilmiy darajasiga ega boʻlgan institut xodimlaridan 2 nafariga OAK tomonidan toʻgʻridantoʻgʻri fan doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi.
Soʻnggi 5 yil davomida institutda matematika boʻyicha 19 nafar falsafa doktori (PhD) va 18 nafar fan doktori ( DSc) tayyorlandi.
Institutda universitetlar, maktablar va akademik litseylarda maʼruzalar oʻqish va maxsus kurslar oʻtish, shuningdek, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish amaliyoti keng yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda ilmiy xodimlarning oʻrtacha yoshi 43 yoshni, ilmiy darajali ilmiy xodimlar ulushi esa 87 foizni tashkil etmoqda.
Oʻzbekistonda matematika fanini rivojlantirib, jahon standartlari darajasida saqlash bizning asosiy maqsadimiz. Biz dunyoda matematika sohasida boʻlayotgan ilmiy yangiliklarga munosib hissa qoʻshish uchun yetarli ilmiy salohiyatga egamiz. Ayniqsa, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun safimizda yosh matematiklarning koʻpligi va ular soni tobora oshib borayotgani bizga madad boʻlmoqda.
Shiddat bilan oʻzgarayotgan bugungi zamonda kelajakni matematik asoslab qurish zarur. Chunki bugungi kunda atom bombadan ham xavfli, chegara bilmas muammolar bor. Masalan, kibertahdid, axborot xavfsizligi, optimizatsiya, virus tarqalishi xavfi (jumladan, bugungi kundagi koronovirus pandemiyasi) kabilar shular jumlasidandir.
Bu zamonaviy muammolarni yechishda axborot texnologiyalari, dasturlash, matematik modellashtirish va kimyobiologiya kabi sohalarni rivojlantirish juda muhim. Bu sohalarning asosi esa, albatta, matematika!
Matematika fanining biologiya, fizika, kimyo, kompyuter texnologiyasi, kriptografiya, musiqa, muhandislik, tibbiyot, adabiyot, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda qoʻllanish doirasi juda keng. Masalan, bugungi kunda kompyuter dasturchisi boʻlishga qiziqish kuchaymoqda. Dasturlashning negizini esa matematika tashkil qiladi. Dastur matematik algoritmdir! Shunday ekan, matematik bilimlarni puxta egallamay turib, dasturlash sohasida yetuk mutaxassis boʻlish aslo mumkin emas.
Matematikaning baʼzi nazariyalari insoniyatga misli koʻrilmagan foyda olib keldi. Baʼzi ommabop misollarni keltiraman. Lobachevskiy geometriyasiga asoslangan GPSnavigator tizimi transportning optimal harakatini aniq taʼminlab bermoqda. Markov zanjirlariga asos lanib qurilgan Google qidiruv dasturi insoniyat uchun katta imkoniyatlar yaratish bilan birga, das tur ijodkorlariga har daqiqada 37000 dollar daromad keltirmoqda. Matematika qonunlariga asoslanuvchi kriptografiya axborotni kodlab, begonalardan sir saqlash uchun ishlatiladi.
Tibbiyotda lazer bilan davolash rivojlanib bormoqda. Masalan, buyrakdagi toshni lazer orqali maydalaydigan tibbiy asbob ellipsning geometrik xossalariga asoslangan.
Bugun koʻpgina fanlar qatori matematika ham global hamkorlik asosida rivojlanmoqda. Biz ham bu jarayondan chetda emasmiz. Institutimiz olimlari Bonn, Boxum, Kembrij, Lids, Parij, Seul, Santyago de Kompostela universitetlari va boshqa ilmiy markazlardagi hamkasblari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirmoqda.
Ilmiy aloqalardan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda samarali foydalanilmoqda. Institutning yosh olimlari K.Masutova, X.Karimjonov, R.Turdiboyev va Sh.Murodov Ispaniyaning Santyago de Kompostela universitetida dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy unvonini oldi.
IRES (Talabalar uchun xalqaro tadqiqot amaliyoti) loyihasi boʻyicha 20172019-yillarda amerikalik 29 talaba yozgi ilmiy semestrni institutimizda oʻtkazdi. Ikkinchi Oʻzbekiston — Amerika konferensiyasida bu talabalar ilmiy natijalari boʻyicha maʼruza qildi va xorijning nufuzli jurnallarida bir qancha ilmiy maqolalar chop etdi.
Institutimiz tashabbusi bilan AQSHning Kaliforniya universiteti, Malayziyaning MARA texnologiyalar universiteti, Birlashgan Arab Amirliklari universiteti, shuningdek, boshqa bir qancha xorijiy taʼlim dargohlarida faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikda yetakchi professoroʻqituvchilarning onlayn mahorat darslari oʻtkazildi.
Matematikaning dolzarb masalalari boʻyicha olingan natijalar asosida oxirgi 5 yilda institutda oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalarning 11 ta toʻplami, olimlarimiz tomonidan 10 ta monografiya, shundan 7 tasi xorijiy nashriyotlarda nashr etildi.
Prezidentimizning 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chorat adbirlari toʻgʻrisida”gi qarori yurtimizda matematika taraqqiyoti uchun mustahkam zamin hozirlaydigan muhim hujjat boʻldi, deb bemalol ayta olamiz. Mazkur qaror asosida har bir tumanda matematika faniga ixtisoslashgan maktablar tashkil etiladigan boʻldi. Biz tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda matematika fani boʻyicha uzluksiz taʼlim dasturlari majmuasini yaratdik. Endi esa darsliklardagi yondashuvni, metodikani oʻzgartirishimiz lozim. Bu muammo yechimi uchun ham imkoniyat yaratib berilgan. Yuqoridagi qarorga koʻra, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab matematika fani boʻyicha davlat taʼlim muassasalarida qoʻllaniladigan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqishda majburiy tartibda institutimizning ekspert xulosasi olinadi. Buning uchun institutda matematika taʼlimi boʻyicha oʻquvuslubiy materiallarni muvofiqlashtirish laboratoriyasi tashkil etildi.
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablari direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning ish faoliyati tahlil qilinib, ular bilan onlayn suhbat natijasiga koʻra 32 nafar nomzod tasdiqlandi.
Aytish kerakki, Prezidentimiz tashabbusi bilan bugungi kunda yurtimizda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat yuritayotgani, ularning aksariyati viloyatlarda tashkil etilgani mamlakatimizda mazkur fanga yoshlarning qiziqishini oshirish, istiqbolda zamonaviy talablarga javob bera oladigan yetuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilayotgan eʼtiborning amaliy ifodasidir. Mazkur maktablarning zamonaviy talablar asosida jihozlangani yaqin kelajakda yurtimiz bu sohada ham katta yutuqlarga erishishiga ishonchimizni oshiradi.
Matematika murakkab fan boʻlgani sababli oʻquvchilar orasida uni yoqtirmaydiganlar, matematika darsida zerikib oʻtiradiganlar koʻpligini tan olish kerak. Buning asosiy sababi 5sinfdan boshlab oʻtilayotgan matematik mavzular hayotdan, turmushimizdan ancha uzoqdek tuyul ishida boʻlsa ajabmas.
Oʻquvchi va talabalarning aksariyati nima uchun turli matematik — abstrakt tushunchalarga boy taʼlim olishi zaruriyatini bilishni xohlashadi. Nega shunday? Yoki matematika rostdan ham shu qadar zerikarli va turmushimizda keraksiz boʻlgan tushunchalar asosiga qurilganmi? Bu kabi savollarga javoblarni Oʻ.Roziqov va N.Mamatovaning “Fan” nashriyotida chop etilgan “Matematika va turmush” ilmiyommabop kitobidan topish mumkin. Bu kitob oʻquvchi va talabalarning matematikaga qiziqishini oshiradi. Barcha yoshdagi kitobxonlar (matematikaga
aloqasi yoʻq soha vakillari ham) ushbu kitob orqali qiziqarli maʼlumotlar oladi. Kitob yuqoridagi savollarga javob berish orqali bu fanning qudrati, goʻzalligi va kundalik turmushimizda biz uchratadigan barcha narsalarda oʻz aksini topganini koʻrsatib beradi. Matematikani chuqur bilish talab etilmaydigan kasblar ham koʻp. Demak, bunday kasblarning boʻlajak egalariga matematikani oʻqitish ularning vaqti va davlat resurslarini bekorga yoʻqotishga olib kelmaydimi, degan tabiiy savol tugʻiladi. Yoʻq, bu hech qanday yoʻqotish emas. Chunki oʻquvchilar yoshligida bir kasbni tanlashda doim ikkilanadi. Har bir oʻquvchi kamida bir marta tanlagan kasb orzusini almashtiradi. Agar oʻquvchi oldin haydovchi (yoki aktyor) boʻlishni orzu qilib, keyin maktabni bitirishiga oz qolganida muhandis (yoki kompyuter dasturchisi) boʻlishni orzu qila boshlasachi? Unda bu oʻquvchining matematikani chuqurroq oʻrganishga vaqti qoladimi? Baʼzi oʻquvchilar esa maktabni bitirgunicha qanday kasb egasi boʻlishini bilmaydi. Bunday oʻquvchilarni yoshligidan biror kasbni tanlashga majburlash nooʻrin. Kasbga qiziqish ancha kech paydo boʻlishi mumkin. Shu sababli oʻquvchilarga maktabda har bir fanning asoslarini yaxshi oʻrgatish shart. Qolaversa, maktabda matematikani yaxshi oʻrganib, kelajakda uni qoʻllamaydigan oʻquvchilar ham xafa boʻlmasin. Chunki matematika kasbdan, ish joyidan tashqarida ham juda koʻp kerak boʻladi. Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga 2019-yilgi Murojaatnomasida 2020-yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyot yili”, deb e ʼlon qilar ekan, buning zamirida mamlakatimiz ilmfani rivojiga berilayotgan katta eʼtibor mujassam edi. Prezidentimizning olimlar bilan uchrashuvida bir necha fan yoʻnalishini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Matematika ana shulardan biri sifatida belgilandi. Uchrashuvda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga matematikani oʻqitish soatlarini qayta koʻrib chiqish topshirigʻi berildi. Yoʻnalishlar boʻyicha dastur va darsliklar tuzish zarurligi taʼkidlandi.
Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Matematika instituti olimlari Oʻzbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetidagi hamkasblari bilan oʻquv rejalar va matematika sohalariga oid fan das turlarini qaytadan koʻrib chiqib, sohalarga yoʻnaltirilgan holda davlat va xalqaro standartlarga moslashtirdi.
Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda “Matematika” yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining oʻquv dasturi hamda xalq taʼlimi tizimidagi pedagog kadrlar uchun matematika fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish kurslari tajribaviy oʻquv dasturi ishlab chiqilib, a maliyotga joriy etildi.
Xalq taʼlimi tizimida darsliklardan koʻra, qiyinroq muammo borki, bu — kadrlar masalasi. Matematikani oʻquvchilarga chuqur oʻrgatadigan oʻqituvchilar yetarli emas. Darsliklar bilan chegaralanib qolgan oʻqituvchilar yoʻq emas. Oʻqituvchi dars oʻtishda ijodiy yondashishi, har bir matematik mavzuni hayotiy muammolar bilan bogʻlab oʻtishi, darslikdagi mavzuni oʻquvchilar oʻzlashtirish xususiyatini baholagan holda sinfga mos bayon qilishi zarur.
Boshqacha aytganda, mavzuning darslikdagi bayoni har bir sinfga mos ravishda “mahalliylashtirilishi” kerak. Masalan, aʼlochi va matematik qobiliyatli oʻquvchilari koʻp sinflarga mavzuning darslikdagi bayoni kamlik qilishi, aksincha, kuchsizroq sinflarda darslik bayoni qiyinlik tugʻdirishi mumkin. Bunda oʻqituvchi mahorati zarur boʻladi.
Oʻylaymanki, bugungi kunda ilmfanga, xususan, matematikaga berilayotgan bunday eʼtibor yaqin kelajakda oʻz mevasini berishni boshlaydi. Oʻzbekiston iqtisodiyotini, taʼlim tizimini, ijtimoiy hayotini, odamlarning yashash sharoitini dunyo miqyosida yuqori nuqtalarga olib chiqadigan kadrlar yaqin yillarda yetishib chiqishiga ishonchim komil.
Shavkat AYUPOV,
OʻzRfa matematika instituti direktori,
akademik, Oliy majlis Senati aʼzosi