Raqamlarga ko‘ra, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida tamaki mahsulotlarini bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib kirish va ichki hududlarda muomalaga kiritish bilan bog‘liq 759 ta holatga chek qo‘yilgan. Natijada qiymati 48,5 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Aniqlangan holatlarning 185 tasida qiymati 4,2 mlrd so‘mlik 58 ming 403 quti nikotinli snyus mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi oldi olindi.