Unga koʻra,

  • “Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini oʻrganish”
  • konferensiyaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi hamda tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu farmon asosida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalari bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlarga ekspeditsiyalar uyushtirishi borasida taqdim etilgan loyihalarga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tegishli grantlar ajratishi belgilandi.

Muntazam ravishda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, “Jaloliddin Manguberdi” fondi tomonidan “Kim Vatanga qalqon boʻlsa, mendirman oʻsha!” shiori ostida Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi va jasoratini yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2021-yilning noyabr oyida oʻtkazish rejalashtirilgan.