“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilinmoqda

    Mamlakatimizda 8 Fevral 2022 1581

    Yangi tahrirda maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari qatoriga “oʻzboshimchalikni taqiqlash”, “vakolatning suisteʼmol qilinishini taʼqiqlash”, “huquqni qoʻllashni rad etishga yoʻl qoʻymasligi” prinsiplari kiritilmoqda.

    Qayd etish kerakki, qonundagi “ishonchning himoya qilinishi prinsipi” yangi tahrirda bayon etilmoqda. Yaʼni manfaatdor shaxslar maʼmuriy organlar qarorlari va harakatlarining toʻgʻriligi prezumsiyasidan kelib chiqishga haqli. Maʼmuriy organ tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato vijdonan harakat qiluvchi manfaatdor shaxs uchun nomaqbul oqibatlarni keltirib chiqarmasligi belgilanmoqda.

    Endilikda manfaatdor shaxslarning maʼmuriy organlarning yozma tushuntirishlari va rasmiy bayonotlariga boʻlgan ishonchi qonun bilan qoʻriqlanadi.