"Mana, biz birlashib, hamjihat boʻlib harakat qilsak, qanday buyuk xalq, qanday buyuk Vatanmiz!" — Prezident

    Taekvondo boʻyicha terma jamoamiz birinchi marta Paralimpiya oʻyinlarida 3 ta medalni qoʻlga kiritdi va umumjamoa hisobida 3-oʻrinni egalladi.

    Yengil atletika boʻyicha vakillarimiz esa birinchi marta 8 ta oltin medalni, yaʼni eng yuqori sovrinlarning 80 foizini egallaganlari alohida diqqatga sazovordir.

    “Bir soʻz bilan aytganda, sizlar Oʻzbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodi sifatida maydonga chiqib, mamlakatimizga mislsiz ulkan yutuqlar olib keldingiz.

    Mana, biz maqsad sari chin dildan intilsak, qanday buyuk marralarni egallashga qodirmiz!

    Mana, biz birlashib, hamjihat boʻlib harakat qilsak, qanday buyuk xalq, qanday buyuk Vatanmiz!”, — dedi Prezident.