Onlayn muloqotda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Hojimatov Minhojidin Mirzajanovich hamda Xorazm viloyati hokimining diniy va jamoat tashkilotlari bo'yicha o'rinbosari Maxmudjon Umrzoqov va boshqalar mavzu doirasida fikr yuritdi. Mamlakatimizda hududiy - viloyat, shahar, tuman Ma'naviyat va ma'rifat kengashlari faoliyati va muvofiqlashtiruvchi o'rnini namunali darajaga ko'tarish, bu boradagi ishlarning uzviyligi va samaradorligini ta'minlash yuzasidan o'tgan vaqt davomida Xorazm viloyatida amalga oshirilgan ishlarni o'rganish, jamiyatda ma'naviy-ma'rifiy muhit shakllantirilishining samarali va zamonaviy usullari, yondashuvlari haqida gap bordi.
-Boy ma'naviy me'rosimizga hurmat, tarix va adabiyotga targ'ib qilish ham viloyatda samarali yo'lga qo'yilgan, - deydi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi axborot xizmati xodimi Muhtasar Qodirova. – “Muhammad Rizo erniyozbek o'g'li Ogahiy” asarlar to'plami chop etildi. , Komil Avazning “Ogahiy” asari, YUlduz Raxmanovaning “Xiva shahri tarixi” hamda “Xiva
tarixidan lavhalar”, Qurbon Muhammadrizoning 3 jildli “Abu Rayhon Beruniy” asari singari 18 nomdagi kitoblar 20000 dan ortiq adadda nashr etilib, tashkilot va muassasalarga tarqatilgan.
Viloyatda jami 312 ta Maktabagacha ta'lim maskanlari uchun mo'ljallangan alla, maqom, xalq kuylari, o'zbek xalq ertaklarini o'zida mujassamlashtirgan jamlanma - audio fayllar to'plami tayyorlanib, har bir muassasaga disk ko'rinishida tarqatilgan.
Hududda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli yo'lga qo'yish, viloyat, tuman, shahar ma'naviyat va ma'rifat kengashlari faoliyatini namunali darajaga ko'tarish yuzasidan “Xorazm tajribasi”ni yaratish borasida erishilgan natijalar tahlil qilindi.
Yig'ilishda xulosa qilinadiki, Xorazm viloyatida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilgan. Ta'lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashitirish tizimini yaratish borasida muhim qadamlar qo'yilgan.
Gulmira Nusratova