Sport tadqiqotlari markazi ma'lumotlariga ko'ra, “Manchester Siti”ning 22 yoshli hujumchisi 245,1 million yevroga baholangan va u 200 million yevrodan ortiq baholangan yagona futbolchiga aylandi.

“Real Madrid” futbolchisi Vinisius Junior ro'yxatning ikkinchi o'rnida bormoqda, uning taxminiy bahosi 196,3 million yevro. “Arsenal” futbolchisi Bukayo Saka 195,8 million yevro bilan uchinchi o'rinni egalladi.

Keyingi o'rinlarda Jud Bellingem (190,2 million yevro), Rodrigo Goes (184,5 million), Pedri (178 million), Gavi (174,1 million), Jamal Musiala (170,2 million), Filip Foden (166,8 million), Kilian Mbappe (163,2 million) joy olgan.

Holand “Manchester Siti” safida Premyer-liga va Angliya kubogi g'olibiga aylandi. Norvegiyalik futbolchi 2022/2023-yilgi mavsumda “shaharliklar” safida 35 ta o'yinda 36 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.