Kecha Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finali javob oʻyinlarining dastlabki ikkitasi boʻlib oʻtdi.
Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi oʻz maydonida Germaniyaning “Leypsig” klubini qabul qilib, javobsiz 7ta gol urdi. Birgina Holand raqiblar darvozasini toʻrt marta nishonga oldi. Dastlabki oʻyinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Shunday qilib, “Manchester Siti” ¼ finaldi.
Ikkinchi bahsda Italiyaning “Inter”i Portugaliyada “Portu” mehmoni boʻldi va oʻziga kerakli natijaga erishdi – 0:0. Milandagi 1:0 hisobidagi gʻalabasi evaziga “Inter” keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Bugun “Real” – “Liverpul” va “Napoli” – “Ayntraxt” bahsidan soʻng yarim finalga chiqqan barcha jamolar nomi maʼlum boʻladi.