Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro M.R boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, avtotransport vositasi kabinasiga yashirilgan 1 dona plasstmassa flakonda 50 tabletka jami 500 mg. “Baklosan 10 mg.” nomli psixotrop dori vositasi hamda yoʻl-yuk hujjatlarida koʻrsatilmagan umumiy qiymati salkam 27 million soʻmni tashkil qiluvchi tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlandi.