Mansabdor shaxs nomidan telegram akkaunti ochib, firibgarlik qilib yurgan shaxs ushlandi

    U jabrlanuvchi bilan muqaddam bir joyda ishlagan, uning kimlar bilan tanish ekanligini bilgan.

    Jizzax viloyatida yashovchi fuqaro Oʻ.J. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjeri orqali nomaʼlum shaxc uning nomidan akkaunt ochib, uning tanishlaridan har xil vajlar bilan pullarni oʻzlashtirib kelayotganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik qilib pullarni oʻzlashtirayotgan shaxs, Zarbdor tumanida yashovchi 1994-y.t., J.B. ekanligi aniqlangan. J.B muqaddam jabrlanuvchi bilan bir joyda ishlaganligi, uni oldindan kimlar bilan tanish ekanligini bilganligi sababli jabrlanuvchi nomidan telegram akkaunti ochib uning tanishlaridan turli firibgarlik vajlari bilan pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.

    J.B.ga nisbatan Oʻz. Res. JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.