Qayd etilishicha, Taraqqiyot strategiyasining loyihasida maʼmuriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qoʻllash sohasini kengaytirish, jumladan, qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning oʻziga yuklash tartibi – “aybdorlik prezumpsiyasi” va “sudning faol ishtiroki” tamoyillarini joriy etish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qatʼiy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni taʼminlash tizimini joriy etish koʻzda tutilgan.