Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi hamda IIV bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.R. manzil koloniyasida jazo oʻtayotgan A.ning ishonchiga kirib, uning jazo muddatini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali barvaqt tugatib berish evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.