Ijtimoiy tarmoqlarda “Maqolam uchun mahalla raisi tahdid qildi, dadamni doʻpposlashdi” sarlavhali xabar tarqalgan.
Xabarda “Navoiy ziyosi” gazetasida mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyati yuzasidan tanqidiy maqola chiqarilganligi sababli Karmana tumani, Bogʻishamol mahallasi raisi tomonidan muallifga tahdid qilinganligi va boshqa holatlar koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holat Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan Bosh prokuratura nazorati ostida oʻrganilmoqda.
Oʻrganish natijalari haqida xabar qilinadi.