viloyat hokimligi surati
Festival “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi, Qozogʻistonning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) va qator hamkorlar koʻmagida tashkil etildi.
Festival respublika boʻylab 5 kun davomida nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jami 2 mingdan ziyod ishtirokchilarni qamrab olishi koʻzda tutilgan.
Joriy yil 10-fevralda Guliston shaharda “Yuksalish” umummilliy harakati Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda fuqarolik jamiyatining oʻrni” mavzusida zum konferensiya oʻtkazildi.
Konferensiyada spikerlar (video aloqa orqali) tomonidan fikr va mulohazalar almashildi.
Unga koʻra, viloyat hududidan kesib oʻtgan temir yoʻl boʻylarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, hududni turli chiqindilardan tozalash ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha oʻrganishlar olib borib, chora-tadbirlar belgilandi.
Festivaldan maqsad – islohotlar jarayonlarining barcha ishtirokchilari saʼy-harakatlarini birlashtirish, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.