Unda tizimda mehnat qilayotgan xodimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Hududiy boshqarma boshligʻi Mahmudjon Abdijaliyev bayram tadbirini ochib berdi va oʻtgan uch yil davomida tizim faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xizmatlar koʻlami va sifatini oshirish, xalqning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish borasida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi.

Tadbir yakunida tizimda namunali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar, shuningdek, bu boradagi ishlarni targʻib etishda faollik koʻrsatayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.